WLCM — har qanday online to'lovlar uchun qulay va oson yechim.
React, Angular, Vue va boshqa barcha frontend framevorklar uchun tayyorlangan xavfsiz to'lov komponenti.
PCI-DSS talablariga mos, merchantdan izolyatsiya qilingan xavfsiz muhit.
CSS o'zgaruvchilari yordamida brendingizga to'liq moslashuvchi interfeys.
Scriptni head qismiga qo'shing. Bu WLCM runtime-ni
yuklaydi va wlcm-payment-element tegini ro'yxatdan
o'tkazadi.
Hamma narsa brauzerning o'zida native ishlaydi, hech qanday qo'shimcha kutubxona shart emas.
// 1. SDK-ni sahifaga ulash
<script type="module" src="https://sdk.wlcm.uz/v1/wlcm-payment-element.js"></script>
// 2. Komponentni ishlatish
<wlcm-payment-element
order-id="12345"
></wlcm-payment-element>
Komponentning ishlashini va tashqi ko'rinishini quyidagi atributlar orqali boshqaring:
| Atribut | Vazifasi | Standart |
|---|---|---|
| order-id | Tranzaksiyani bog'lash uchun backend-da yaratilgan unikal ID. | - |
| color-primary | Focus, border va asosiy elementlar uchun brend rangi. | #30313d |
| color-background | Inputlar va ichki muhitning orqa fon rangi. | #ffffff |
| border-radius | Elementlarning burchak aylanaligi (masalan: 12px, 20px). | 20px |
| font-family |
Shrift turi: sans-serif,
monospace va h.k.
|
sans-serif |
| font-size | Matnning umumiy o'lchami. | 14px |
| font-weight | Matn qalinligi (masalan: 400, 500, 600). | 400 |
const el = document.querySelector('wlcm-payment-element');
// To'lov muvaffaqiyatini tinglash
el.addEventListener('payment-success', (e) => {
const isSuccess = e.detail.success;
if (isSuccess) {
console.log("To'landi");
// Foydalanuvchini muvaffaqiyatli sahifaga yo'naltiring
} else {
console.log("Xatolik");
}
});
// To'lovni boshlash
el.submitPayment();
SDK standart DOM eventlardan foydalanadi.
payment-success orqali tranzaksiya
yakunlangani haqida xabar olasiz.
To'lov holati Webhook orqali sizning backend-ingizga xavfsiz tarzda yuboriladi. Frontend hodisasi faqat foydalanuvchi interfeysini yangilash (masalan, muvaffaqiyat sahifasiga yo'naltirish) uchun ishlatilishi lozim.